AsosiyIqtisodiyotSiyosatTurizm

Tehron va Toshkent oʻrtasida toʻgʻridan-toʻgʻri reyslar yoʻlga qoʻyiladi

Eronning Qeshm Air aviakompaniyasi Tehron va Toshkent oʻrtasida toʻgʻridan-toʻgʻri reyslarni yoʻlga qoʻymoqda.

9-avgust kuni Tehron — Toshkent — Tehron yoʻnalishi boʻyicha birinchi muntazam yoʻlovchi reysi amalga oshirilishi rejalashtirilgan. Reyslar haftasiga bir marta — chorshanba kunlari shinam Airbus A320 samolyotlarida amalga oshirilishi kutilmoqda.

Qeshm Air — shtab-kvartirasi Tehronda joylashgan Eron aviakompaniyasi boʻlib, 1993 yilda tashkil etilgan hamda mahalliy va xalqaro yoʻlovchi reyslarini, shuningdek, charter reyslarini amalga oshiradi.

TuraNews

Back to top button