Dunyo

Qozog‘istonda to‘rt kunlik ish haftasi qonunchilikka kiritildi

Qozog‘istonda iyul oyidan boshlab Mehnat kodeksiga to‘rt kunlik ish haftasi tushunchasi kiritiladi.

Hozirda qonunchilikda besh kunlik va olti kunlik ish haftasi, shuningdek, to‘liq bo‘lmagan ish haftasi (davomiylik tomonlarning kelishuvi bilan belgilanadi) tushunchalari bor.

Qozog‘iston Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining aniqlik kiritishicha, bu iyuldan boshlab ish haftasi to‘rt kunlik bo‘ladi, degani emas. Gap ish grafigini o‘zgartirish imkoniyati haqida ketyapti.

Mehnat kodeksining yangi moddasiga ko‘ra, tomonlar kelishuviga binoan mehnat shartnomasida besh kunlik yoki olti kunlik ish haftasiga almashtirish huquqi bilan to‘rt kunlik ish haftasini belgilashga ruxsat beradi.

“Ushbu amaliyot yakka tartibdagi ish beruvchilar tomonidan allaqachon amalga oshirilmoqda va xalqaro mehnat standartlariga mos keladi”, — dedi Mehnat vazirligi matbuot kotibi Saken Dildaxmet.

Source
Gazeta.uz

TuraNews

Back to top button