AsosiyIqtisodiyot

Qiymati 672,9 million AQSH dollarlik meva-sabzavotlar eksport qilingan

2023-yilning yanvar-iyul oylarida O‘zbekiston 1,1 million tonna meva-sabzavot eksportini amalga oshirgan. Bu haqda Statistika agentligi ma’lum qildi.

Bu ko‘rsatkich 2022-yilning mos davriga nisbatan 1,2 barobarga yoki 153,8 ming tonnaga ko‘paygan.

O‘zbekiston meva-sabzavot mahsulotlarining asosiy eksport bozorlari Rossiya (41,8 foiz), Pokiston (14,6 foiz), Qozog‘iston (12,0 foiz) hamda Qirg‘iz Respubliakasi (9,1 foiz) hissasiga to‘g‘ri kelgan.

2023-yilning yanvar-iyul oylarida xorijga qiymati 672,9 million AQSH dollarlik meva-sabzavot eksport qilindi. Bu ko‘rsatkich 2022 yilning mos davriga nisbatan 22,4 foizga ko‘paydi va jami eksportdagi ulushi 4,5 foizni tashkil etdi.

Source
Yuz.uz

TuraNews

Back to top button