Salomatlik

Dori vositalari qanday saqlanadi?

Hozir kunda ishlab chiqarilayotgan dori vositalari o’rtacha 2-5 yilga mo’ljallangan. Ammo ko’rsatilgan muddatgacha qanday sharoitda saqlanishi muhim.

Maxsus dorixonalarda tayyorlanib beriladigan suyuq preparatlar 2-3 kun, kukun holida suv aralashtiriladiganini esa 12-14 kungacha qo’llanilishi mumkin. Uy sharoitida tayyorlanadigan damlama va qaynatmalarni esa uch kundan ortiq saqlab bo’lmaydi.

Foydalanish jarayonida, albatta, muzlatkichda turishi kerak. Agar suyuq preparat yuzasida ko’pik yoki rangining xiralishishi kuzatilsa, undan voz keching!

Muddati eskirgan dorilarni esa kanalizatsiya quvurlariga oqizish mumkin emas! Yaxshisi, qutisiga solib, og’zini berkiting-da, chiqindi chelagiga tashlang.

Source
Yuz.uz

TuraNews

Back to top button