AsosiySalomatlik

Don va sutdan tayyorlanadigan bo’tqaning sog’liq uchun xavfli ekani aytildi

Don va sut aralashmasidan tayyorlanadigan bo’tqa sog’liq uchun foydali emas, hatto salomatlik uchun xavfli bo’lishi mumkin. Bu haqda gastroenterolog Dilyara Lebedeva aytib o’tdi.

Mutaxassisning ta’kidlashicha, ertalab tananing glyukoza darajasini oshiradigan kontrinsulyar gormonlar faol ishlab chiqariladi. Insulin gormoni ham faollashadi, bu esa glyukoza miqdorini pasaytiradi.

Donni sut bilan iste’mol qilgandan so’ng, qondagi shakar miqdori ko’tariladi va organizmga ko’proq insulin kerak bo’ladi. Natijada bir necha soatdan keyin odam yana ovqat yeyishni xohlaydi va vaziyat yana takrorlanadi. Gastroenterolog, agar muntazam ravishda ana shunday parhezga amal qilinsa, patologik insulin qarshiligi rivojlanishi mumkinligini ta’kidladi, deb xabar beradi mir24.tv.

TuraNews

Back to top button