AsosiyDunyoIqtisodiyotSiyosat

Turkiya hukumati Sochida bo’lib o’tgan muzokara natijalarini muhokama qiladi

Turkiya Prezidenti Rajab Tayyip Erdo‘g‘an bugun, 5 sentyabr kuni hukumat yig‘ilishida Rossiya yetakchisi Vladimir Putin bilan Sochida bo‘lib o‘tgan muzokara natijalarini muhokama qiladi.

Bu haqda Turkiya yetakchisi idorasidagi manbaga tayanib, OAV xabar berdi.

«5 sentyabr kuni hukumat yig‘ilishi o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Unga an’anaviy tarzda Prezident raislik qiladi. Tashqi siyosat kun tartibiga Sochidagi muzokara yakunlari ham kiritilgan. Shuningdek, Prezidentning bo‘lajak tashriflari – Hindistondagi G20 sammiti va BMT Bosh Assambleyasi uchun AQSHga safar ham ko‘rib chiqiladi”, deyiladi xabarda.

Majlis kun tartibining qolgan qismi esa mamlakatdagi iqtisodiy vaziyatga qaratiladi.

Ma’lumki, kecha, 4 sentyabr kuni uzoq kutilgan Erdo‘g‘an va Putinning uchrashuvi Sochida bo‘lib o‘tdi. Unda Erdo‘g‘an don kelishuvini tiklashni taklif qilgan, Putin esa, agar Rossiya talablari bajarilsa Moskva g‘alla kelishuviga qaytishini aytgan.

Source
TRT

TuraNews

Back to top button