AsosiyHayot

Toshkentda savdo markazlari va istirohat bog`lari ish vaqtiga qo`yilgan cheklov bekor qilindi

Toshkentda ko`ngilochar savdo markazlari va istirohat bog`lari ish vaqtiga qo`yilgan cheklov bekor qilindi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabar qildi.

«Yurtimizda kuzatilgan anomal sovuq ob-havo kunlari Toshkent shahar hokimligi tomonidan aholi xonadonlariga elektr energiyasi va gaz ta`minotini uzluksiz etkazish maqsadida, shahardagi oziq-ovqat do`konlari va umumovqatlanish korxonalaridan tashqari barcha savdo va xizmat ko`rsatish shoxobchalari, ko`ngilochar savdo markazlari va istirohat bog`lari vaqtincha qisqartirilgan ish rejimiga o`tkazish tavsiya etilgan edi. Bugungi kunda havo harorati yaxshilanayotganligi va holat barqarorlashayotganligi bois yuqoridagi barcha korxonalar doimdagidek ish rejimida faoliyat olib borishlari mumkin. Vaqtinchalik noqulayliklar uchun uzr so`raymiz», – deyiladi rasmiy xabarda.

Eslatib o`tamiz, 2023 yil 15 yanvarda avvalroq anomal sovuq ob-havo kunlari aholi xonadonlariga elektr energiyasi va gaz taʼminotini uzluksiz yetkazish maqsadida, shahardagi bir qator korxonalar vaqtincha qisqartirilgan ish rejimiga oʻtkazilgan edi.

Source
gazeta.uz

TuraNews

Back to top button