AsosiyMadaniyat

Samarqandda arxeologik obyektlarga 9 mlrd so‘m zarar yetkazilgani aniqlandi

Bosh prokuratura Samarqandda tarixiy yodgorliklarni muhofaza qilish va saqlashga qaratilgan tizimli nazorat tadbirlarini o‘tkazdi, deya xabar bermoqda tashkilot matbuot xizmati.

Xususan, Urgut tumani “Mingtepa” mahallasida joylashgan “To‘lqirtepa-1” arxeologiya yodgorligining 163 metr kub hajmdagi yer maydoni maxsus texnika yordamida kovlab olingan. Buning oqibatida tarixiy obyektga 4 mlrd so‘m zarar yetkazilgan.

Shuningdek, ushbu tumanning “Quyiqishloq” mahallasida joylashgan o‘rta asrlarga oid “Teshiktepa”, “Dehqonobod” mahallasidagi “Qulqishloqtepa-2” va “Ogahiy” mahallasidagi “Mozortepa” arxeologiya obyektlari qisman buzilishi oqibatida jami 5 mlrd so‘m zarar yetkazilgan.

Tekshirishlar natijasiga ko‘ra jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

TuraNews

Back to top button