AsosiyDunyoIqtisodiyotSiyosat

Qozog‘iston Rossiya gazining O‘zbekistonga tranzitini 11 mlrd kub metrgacha oshirishni rejalashtirmoqda

Qozog‘iston Energetika vazirligi Rossiya gazining O‘zbekistonga tranziti hajmini 2026-yildan boshlab avvalroq rejalashtirilgan yiliga 3 mrld kub metrdan 11 mlrd kub metrgacha oshirishni rejalashtirmoqda, deb yozmoqda “TASS”.

Qozog‘iston Energetika vazirligi Rossiya gazining Qozog‘iston hududi orqali O‘zbekistonga tranzit hajmini 2026-yildan boshlab avvalroq rejalashtirilgan yiliga 3 mrld kub metrdan 11 mlrd kub metrgacha oshirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Qozog‘iston Energetika vazirligidagi manbalariga tayanib, “TASS” xabar berdi.

Avvalroq “O‘ztransgaz” kompaniyasi “shimol”dan tabiiy gaz importi hajmini oshirish maqsadida magistral gaz tizimini modernizatsiya qilish dasturini amalga oshirish niyatida ekani xabar qilingandi. Bu O‘zbekistonning 2024-yil birinchi choragiga mo‘ljallangan investisiya dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi hukumat qarorida nazarda tutilgan.

O‘zbekiston 2023-yil 7-oktabrdan boshlab shimoliy yo‘nalishda, ya’ni Rossiyadan Qozog‘iston hududi orqali gaz import qilishni boshlagandi.

Source
Gazeta.uz

TuraNews

Back to top button