Madaniyat

Namangandagi Axsikent xarobalaridan Damashq qilichlari va devoriy suratlar topildi

To‘raqo‘rg‘on tumanidagi Axsikent shahri xarobalaridan noyob tanga, Qoraxoniylar davriga oid devoriy suratlar va ming yillik Damashq qilichlari topildi. Restavratorlar buyumlarni ta’mirlamoqda.

Namangan viloyati To‘raqo‘rg‘on tumanida joylashgan Axsikent shahri xarobalaridan noyob tangalar, Qoraxoniylar davriga oid devoriy suratlar va ming yillik Damashq qilichlari topildi. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati xabar berdi.

Ming yil avvalgi mashhur qilichlar topilgani va ularning vatani aynan Axsikent ekani bizni hayratlantirmay qo‘ymaydi. Xitoy manbalarida Axsikent shahristoni darvozalari oltindan bunyod etilgani haqida yozilgan. Mahalliy aholi o‘rtasida ushbu darvoza Sirdaryo tubida qolib ketgani haqida rivoyatlar yuradi. Ular, albatta, tarixiy haqiqatlarga asoslangan, — deya fikr bildirdi xorijiy ekspertlar.

Hududda tayyorlangan Damashq qilichlari, Shahristonning oltin darvozasi, noyob tangalar va Axsikent yodgorligidan topilgan Afrosiyob va Varaxshadagi kabi Qoraxoniylar davriga oid devoriy suratlar haqida National Geographic turkum ko‘rsatuvlar tasvirga oladi. Ayni kunlarda arxeologlar tumanda joylashgan yodgorlikda tadqiqot ishlarini olib bormoqda.

 

Source
Gazeta.uz

TuraNews

Back to top button