AsosiyDunyo

Fransiya o‘z Konstitutsiyasiga abort huquqini kiritgan dunyodagi birinchi davlat bo‘ldi

Fransiya o‘z Konstitutsiyasida abort qilish huquqini mustahkamlab qo‘ygan dunyodagi birinchi davlat bo‘ldi. Asosiy qonunga kiritilgan o‘zgartirish ko‘pchilik deputatlar tomonidan qo‘llab-quvvatlandi. Prezident Emmanuel Makron qarorni milliy g‘urur va butun dunyoga signal deb atadi.

Fransiya parlamenti 4-mart kuni Versal saroyida bo‘lib o‘tgan qo‘shma yig‘ilishda mamlakat Konstitutsiyasiga ayollarning abort qilish huquqini mustahkamlovchi tuzatishni ma’qulladi, deb xabar bermoqda BBC News.

780 nafar deputat tashabbusni yoqlab ovoz berdi, 72 nafari qarshi chiqdi. Ovoz berish natijalari zalda qarsaklar bilan kutib olindi. Shu tariqa Fransiya abort qilish huquqi asosiy qomusi bilan kafolatlangan dunyodagi birinchi davlat bo‘ldi.

Qabul qilingan o‘zgartirish Konstitutsiyaga (1958-yilda qabul qilingan) kiritilgan yigirma beshinchi, shu bilan birga, 2008-yildan beri birinchi o‘zgartirish bo‘ldi.

Fransiyada abort 1975-yildan beri qonuniy hisoblanadi, ammo, so‘rovnomalarga ko‘ra, aholining qariyb 85 foizi Konstitutsiyaga o‘zgartirish kiritishni qo‘llab-quvvatlagan, deb ta’kidlaydi BBC.

Source
Gazeta.uz

TuraNews

Back to top button