AsosiyIqtisodiyotTurizm

«China Southern Airlines» aviakompaniyasi Urumchi – Samarqand aviaqatnovini ochmoqda

2023-yil 9-avgust kuni Transport vazirligida «China Southern Airlines» aviakompaniyasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv doirasida Urumchi – Samarqand yangi yo‘nalishini ochish, «Uzbekistan Airways» AJ bilan «kod-sher» tijorat shartnomasi bo‘yicha reyslarni amalga oshirish va Pekin-Toshkent yo‘nalishida chastotalarni haftasiga 4 martagacha oshirish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek Transport vazirligi vakillari O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi mavjud kvotalar va joriy yilning oktyabr oyida Pekin shahrida ikki mamlakat aviasiya hokimiyati o‘rtasida muzokaralar o‘tkazilishi masalalari ko‘rib chiqildi.

TuraNews

Back to top button