Dunyo

Bugun TDT Tashqi ishlar vazirlari kengashining navbatdan tashqari yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi

Bugun Istanbulda Turk Davlatlari Tashkiloti tarkibidagi davlatlarning Tashqi ishlar vazirlari kengashining (TDT) navbatdan tashqari yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi.

Türkiye Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan mavzu haqida yozma ravishda berilgan bayonotga ko‘ra unda, TDT kun tartibidagi ustuvor masalalar bilan bir qatorda, 11-noyabr kuni O‘zbekistonning Samarqand shahrida bo‘lib o‘tadigan TDT Sammitiga tayyorgarlik ko‘rish masalalari muhokama qilinadi.

Unda Türkiye nomidan Tashqi ishlar vaziri Mavlut Chavusho‘g‘lu, TDTga a’zo davlatlardan Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, O‘zbekiston bilan kuzatuvchi davlatlardan Vengriya va Turkmaniston tashqi ishlar vazirlari hamda boshqa yuqori darajali vakillar ishtirok etishi ifoda etildi.

TDT Tashqi ishlar vazirlari kengashi oxirgi marta 11 – yanvar kuni Qozog‘iston kun tartibi ustidan onlayn tarzda uchrashgandi.

Source
TRT

TuraNews

Back to top button