AsosiyHayotIqtisodiyot

Yozyovonlik tadbirkor ari oilalarini Rossiya va Qozogʻistonga eksport qilishni boshladi

Markaziy Fargʻona mahalla fuqarolar yigʻinida yashovchi Isroil Ahmedov asalarichilik faoliyatini 2005-yilda 6 ta asalari oilasini boqish bilan boshlagan. Hozirda u haqiqiy asalari mutaxassisiga aylanib ulgurdi.

450 ta asalari oilasi parvarishlanishi hisobiga yiliga 2 tonna asal olinadi. Yigʻilgan asallarga haridorlar ham naqd. Xonadon egasi asaldan daromad olish bilan birga ari oilasini ham koʻpaytirib sotadi. Ari oilalari respublikamiz boʻylab, shuningdek, Rossiya, Qozogʻiston davlatlariga ham joʻnatiladi.

– Barcha ishni qilishda chin dildan, koʻngildan chiqarib, qilish kerak, – deydi Isroil Ahmedov suhbat chogʻi.

Isroil Ahmedov hovlisida boʻlar ekansiz, asalarilar haqida berayotgan maʼlumotlarini eshitib, uning asalarichilikning asl mutaxassisligiga guvoh boʻlishingiz tabiiy.

Source
Yuz.uz

TuraNews

Back to top button