Asosiy

Yangi Konstitutsiya bo‘yicha referendum 30 aprel kuni o‘tkazilishi kutilmoqda

Qonunchilik palatasi Konstitutsiyani o‘zgartirish bo‘yicha umumxalq referendumini — 30 aprel, yakshanba kuni o‘tkazishni ma’qulladi. Tegishli qarorni 134 nafar deputat qo‘llab-quvvatladi, 2 nafari betaraf qoldi, 1 nafari esa ovoz bermadi. Avvalgi referendum bundan 21 yil avval bo‘lib o‘tgandi.

O‘zbekistonda Konstitutsiyani o‘zgartirish bo‘yicha xalq saylovi — referendum 30 aprel kuni bo‘lib o‘tadi.

Tegishli qaror loyihasi Qonunchilik palatasining 10 martdagi yalpi majlisida ko‘rib chiqilib, deputatlar tomonidan qabul qilindi.

Referendum o‘tkazish haqidagi qarorga ovoz berish jarayonida 134 nafar deputat qo‘llab-quvvatladi, 2 nafari betaraf qoldi, 1 nafari ovoz bermadi.

Eslatib o‘tamiz, bundan sal avval deputatlar «O‘zbekiston Konstitutsiyasi to‘g‘risida»gi qonunning yangi tahririni qabul qildi.

Moddalar soni amaldagi 128 tadan 155 taga, normalar soni esa 275 tadan 434 taga ko‘paymoqda. Konstitutsiya matni 65 foizga yangilangan, shuning uchun hujjat nomi «Konstitutsiyaga o‘zgartish va qo‘shimchalar»dan «Konstitutsiya yangi tahrirdagi»ga o‘zgartirildi.

Qonun loyihasiga 137 deputatdan 132 nafari qonunni yoqlab ovoz berdi, 2 nafari betaraf qoldi, 3 nafari ovoz bermadi.

Ma’lumot o‘rnida, bundan avvalgi umumxalq referendumi 2002 yilning 27 yanvarida bo‘lib o‘tgandi.

Source
Gazeta.uz

TuraNews

Back to top button