Turizm
S7 Airlines aviakompaniyasi Irkutskdan Farg‘onaga parvozlarni tiklaydi
5 maydan Rossiyaning S7 Airlines aviakompaniyasi Irkutsk-Farg‘ona yo‘nalishi bo‘yicha parvozlarni tiklaydi. Qatnovlar 2021 yilda to‘xtatilgandi.

5 maydan boshlab Rossiyaning S7 Airlines aviakompaniyasi uzoq tanaffusdan so‘ng Irkutsk-Farg‘ona-Irkutsk yo‘nalishi bo‘yicha parvozlarni tiklaydi. Bu haqda Uzbekistan Airports axborot xizmati xabar berdi.
Reyslar Boeing 737−800 samolyotlarida haftada bir marta — juma kunlari amalga oshirilishi rejalashtirilgan.
Bugungi kunda S7 Airlines aviakompaniyasi Toshkent, Buxoro, Samarqand, Urganch va Namangan xalqaro aeroportlariga parvozlarni amalga oshirmoqda.
Eslatib o‘tamiz, ushbu yo‘nalishdagi parvozlar 2021 yilda to‘xtatilgandi.