Hayot

Qardosh Turkiya davlatiga insonparvarlik yordami yuborilmoqda

Turiyaga 60 nafar FVV qutqaruvchilari hamda 3 ta maxsus avariya-qutqaruv texnikasi joʻnab ketadi.

Turkiyaning janubi-sharqiy qismidagi viloyatlarda 6-fevral kuni Turkiya vaqti bilan soat 04:17 da 7,8 magnitudali zilzila sodir boʻldi. Yuz bergan kuchli zilzila oqibatida koʻplab odamlar qurbon boʻlgan, jiddiy jarohatlar olgan va katta talafotlar koʻrgan.

Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdogʻanga hamdardlik yoʻlladi. Qardosh Turkiya yetakchisi va xalqiga chuqur taʼziya izhor etib, davlatimiz rahbari vafot etganlarning oila aʼzolari va yaqinlariga hamdardlik bildirdi, jabrlanganlar tez fursatda sogʻayib ketishini tiladi.

Shuningdek, Davlatimiz rahbari topshirigʻiga asosan qardosh Turkiya davlatiga insonparvarlik yordami va zilzila oqibatlarini bartaraf etish maqsadida, 60 nafar FVV qutqaruvchilari hamda 3 ta maxsus avariya-qutqaruv texnikasi yuborilmoqda.

TuraNews

Back to top button