O‘zbekiston Turkiyaga 170 tonna insonparvarlik yordami yetkazib berdi
O‘zbekistonda yordam uyushmalari va nodavlat notijorat tashkilotlar tashabbusi bilan boshlatilgan yordam kampaniyasi davom etmoqda.
Mamlakat bo‘ylab yig‘ilib, Turkiyaning yer silkinishidan ziyon ko‘rgan turli hududlariga hozirgacha 170 tonna insonparvarlik yordami yuborildi.
Bu yordam ashyolari ichida 45 tonna dori-darmon va tibbiy buyumlar, 8 tonna oziq-ovqat, 90 tonna kiyim-kechak, poyabzal, ko‘rpa-to‘shak, uxlash uchun xalta, tagliklar, tozalik va gigiyena vositalari bilan 130 ta generator, 700 ta elektr pechka va boshqa zaruriy buyumlar bor.
Ular samolyotlar va yuk tashuvchi mashinalar orqali Turkiyaning turli hududlariga yetkazib berildi.
Turkiyaning tabiiy ofat yuz bergan hududlarida oʻzbek oshpazlari tomonidan har kuni 5 ming kishiga 2 mahal ovqat tarqatilmoqda. Shuningdek, markazi Istanbulda joylashgan Oʻzbekiston madaniyat, tadqiqot va birdamlik jamiyati koʻngillilari, Oʻzbekistondan borgan 100 kishilik qidiruv-qutqaruv guruhi va 71 nafar tibbiy xodim nomi tilga olingan hududda xizmat qilmoqda.