Iqtisodiyot
O‘zbekiston 10 oyda 106 ta davlatdan oziq-ovqat mahsulotlarini import qilgan
2022-yilning yanvar—oktabr oylarida O‘zbekiston 106 ta davlatdan qiymati 2,8 milliard dollarga teng bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlarini import qilgan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi xabar qildi.
Qayd etilishicha, bu ko‘rsatkich 2021-yilning mos davri bilan solishtirilganda qariyb 40 foizga oshgan.
2022-yilning 10 oyida oziq-ovqat mahsulotlari importida yuqori ulushga ega bo‘lgan davlatlar quyidagicha:
Qozog‘iston – 36,2 foiz;
Rossiya – 24,1 foiz;
Braziliya – 14,7 foiz;
Belarus – 4,3 foiz;
Pokiston – 2,0 foiz;
Ekvador – 1,6 foiz;
Xitoy – 1,5 foiz;
Turkiya – 1,4 foiz;
Hindiston – 1,3 foiz;
Indoneziya – 1,1 foiz;
Boshqa davlatlar – 11,8 foiz.