AsosiyIqtisodiyot

O’zbek uzumi xorijda ham sevib tanovul qilinadi

O‘tgan yili O‘zbekiston eng ko‘p uzumni Rossiyaga eksport qilgan – 181,7 ming tonna, Bu haqda Davlat statistika qo’mitasi xabar bermoqda.

O‘zbekiston 2022 yilning yanvar-dekabr oylarida xorijga qiymati 280,1 mln. AQSH dollariga teng miqdordagi 318,8 ming tonna uzumni eksport qildi.

“stat.uz” portalida maʼlum qilinishicha, o‘tgan yili O‘zbekiston eng ko‘p uzumni Rossiyaga eksport qilgan – 181,7 ming tonna. Shuningdek, Qozog‘istonga 64,5 ming tonna, Qirg‘izistonga 20,5 ming tonna, Xitoyga 10,0 ming tonna,  Turkiyaga 7,1 ming tonna va Birlashgan Arab Amirliklariga 6,4 ming tonna, boshqa davlatlarga esa 28,6 ming tonna uzum mahsulotini sotgan.

TuraNews

Back to top button