Turkiy Davlatlar Tashkiloti (TDT) Bosh kotibi Kubanichbek O‘muraliyev O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Baxtiyor Saidov bilan uchrashdi.
Ertaga Toshkentda, Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti tashqi ishlar vazirlari kengashi majlisi bo‘lib o‘tadi. Shu munosabat bilan hozirda O‘zbekistonda bo‘lgan O‘muraliyev, shu fursatdan foydalanib poytaxtda Saidov bilan uchrashdi.
O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi tomonidan mavzu haqida berilgan bayonotiga ko‘ra, uchrashuvda O‘zbekiston va TDT o‘rtasida turli yo‘nalishlardagi munosabatlarni rivojlantirishdagi ijobiy surʼat mamnuniyat bilan qayd etilgan.
Tashkilotning 2022 yil noyabr oyida bo‘lib o‘tgan Samarqand sammiti yakunlari bo‘yicha qabul qilingan strategik qarorlarni amalga oshirilish jarayoni muhokama qilingan.
Savdo-iqtisodiy aloqalarni kengaytirish, TDT mintaqasining transport-tranzit salohiyatidan foydalanish, AKT, raqamli va yashil iqtisodiyot sohalarida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish, turizm, taʼlim va madaniyat yo‘nalishlarida o‘zaro hamkorlik masalalari ko‘rib chiqilgan.
K. O‘muraliyev Tashkilot Kotibiyati O‘zbekistonning TDTga raisligidan ko‘zlangan maqsad va vazifalarni amalga oshirishda faol ishtirok etishga tayyorligini maʼlum qilgan.
Muloqot chog‘ida mintaqaviy kun tartibidagi dolzarb masalalar ham ko‘rib chiqilgan.
O‘muraliyev uchrashuv yakunida matbuotga bergan bayonotida, yaqindagina O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi etib tayinlangan Saidov bilan birinchi marotaba uchrashganliklarini qayd etdi.