
Statistika agentligining dastlabki maʼlumotlarga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yil 1-aprel holatiga doimiy aholi soni 36 197 781 kishini tashkil etgan. Bu koʻrsatkich 2022-yilning shu davri bilan solishtirilganda 2,2 % ga koʻpaygan.
Hududlar kesimida doimiy aholi sonining oʻsishi:
Qoraqalpogʻiston R. – 1,3 %
Andijon viloyati – 2,1 %
Buxoro viloyati – 1,7 %
Jizzax viloyati – 2,3 %
Qashqadaryo viloyati – 2,2 %
Navoiy viloyati – 2,1 %
Namangan viloyati – 2,3 %
Samarqand viloyati – 2,2 %
Surxondaryo viloyati – 2,3 %
Sirdaryo viloyati – 2 %
Toshkent viloyati – 1,8 %
Fargʻona viloyati – 2,1 %
Xorazm viloyati – 1,8 %
Toshkent shahri – 3,3 %