DunyoIqtisodiyotSiyosat

Japarov: Dron va Insonsiz havo transportlari eksportini taqiqladik

Qirgʻiziston Prezidenti Sadir Japarov Qirg‘izistonning Rossiyaga nisbatan kiritilgan sanksiyalarni buzganligi haqidagi iddaolar yuzasidan bayonot berdi va unda:

“Biz dron va Insonsiz havo transportlari eksportini taqiqladik”. – dedi.

Japarov, Qirg‘izistondan tranzit savdoga tortilgan 14 ta qishloq xo‘jaligi dronining Qozog‘istonda qo‘lga olingani haqida milliy “Kabar” axborot agentligiga bayonot berdi.

Qirg‘iz kompaniyasiga tegishli Insonsiz havo transportlarini o‘z ichiga olgan yukning, Qozog‘istonda qo‘lga olinganini bildirgan Japarov,

“Kompaniyaning ma’lum qilishicha, bu Insonsiz havo transportlari qishloq xo‘jaligi uchun mo‘ljallangan. Biroq biz hozirda dron va Insonsiz havo transportlari eksportini taqiqladik”. – degan ifodalarga o‘rin berdi.

Japarov, ba’zi ommaviy axborot vositalarida tarqalgan “Amerikalik senator Robert Menendez tomonidan Rossiyaga nisbatan joriy etilgan sanksiyalarga rioya etilishini talab qilib maktub yozilgani”.- haqidagi mish-mishlar bilan aloqali:

“Senatorning maktubiga kelsak, menga ko‘plab taniqli siyosatchilardan maktublar keladi. Biz mustaqil davlatmiz. Biz barcha davlatlar bilan teng huquqli munosabatlarni davom ettiramiz. Ko‘p qirrali tashqi siyosat olib boramiz”. – degan ifodalarga o‘rin berdi.

Japarov, Rossiya va Ukraina masalasida boshidanoq betaraf pozitsiyada bo‘lganliklari va bu masalada o‘z yo‘lini shunday davom ettirishlari va sodiq qolishlarini ta’kidladi.

Qirg‘iziston Amerika Qo‘shma Shtatlari, Yevropa ittifoqi va Buyuk Britaniya bilan maslahatlashuvlar ortidan harbiy va “ikki maqsadli materiallar”ning noqonuniy savdosini oldini olish bo‘yicha qator chora-tadbirlarni boshlaganini ma’lum qilgandi.

TuraNews

Back to top button