Asosiy

Isroil Madrimov amerikalik raqibini mag’lub etdi

Murodjon Ahmadaliev esa filippinlik bokschiga mag'lub bo'lib, WBA va IBF kamarlaridan mahrum bo'ldi.

O’zbekistonlik bokschi Isroil Madrimov (9-0-1, 6 KO) AQSHning San-Antonio shahrida navbatdagi jangini o’tkazdi.

O’rta vazn (-72,57 kg) toifasidagi jangda o’zbekistonlik bokschiga Rafael Igbokve (16-4, 7 KO) raqiblik qildi.

Dastlabki raundda bokschilar teng kurash olib bordi, Madrimov so’nggi soniyalardagi kuchli zarbasi orqali raundni muvaffaqiyatli yakunlandi.

Keyingi raundlar O’zbekiston vakilining ustunligida o’tdi.

10 raund davom etgan jangda Madrimov Igbokve ustidan 100-90, 99-91, 99-91 hisobida g’alaba qozondi va profi boksdagi 9-g’alabasini qo’lga kiritdi.

Mazkur boks oqshomida yana bir o’zbekistonlik bokschi, professional boksning birinchi yarim engil vazn toifasida (-55,3 kg) WBA va IBF kamarlari sohibi Murodjon Ahmadaliev (11-1, 8 KO) ham IBF yo’nalishida majburiy da’vogar Marlon Tapalesga (37-3, 19 KO) qarshi ringga chiqdi.

Jang 12 raund davom etdi va hakamlar qaroriga (118-110, 113-115, 113-115) ko’ra, filippinlik bokschi kichik ustunlik bilan g’alaba qozondi.

Shu tariqa Ahmadaliev professional boksdagi ilk mag’lubiyatini qabul qilib oldi. WBA va IBF kamarlari esa Tapalesga o’tdi.

Source
Yuz.uz

TuraNews

Back to top button