Salomatlik

Diyetolog kabobning salomatlik uchun zarari haqida gapirdi

Shifokor-diyetolog, nutritsiolog va “Doktor” telekanali eksperti Natalya Nefedova kabobni salomatlikka zarar yetkazmaydigan qilib tayyorlash yuzasidan tavsiyalar berdi.

Mutaxassisning taʼkidlashicha, kabob tayyorlash jarayonida kanserogen birikmalar ajralib chiqadi.

Shifokor bunday birikmalar yoʻgʻon ichak va oshqozon osti bezi saratoni rivojlanish xavfini oshirishini, bundan tashqari, kabobni haddan tashqari koʻp isteʼmol qilish va uni pishirish jarayonida tutundan nafas olish va yurak-qon tomir kasalliklarini keltirib chiqarishi mumkinini aytib oʻtdi.

Nefedova kabobni past haroratda pishirishni, goʻshtni grilda ushlab turmaslikni, kuyishdan saqlanishni tavsiya qildi. Mutaxassis, shuningdek, goʻsht boʻlaklarining oʻzi ham mayinroq boʻlishi kerakligini taʼkidladi. U pishirishdan oldin goʻshtni marinadlashni tavsiya qildi, deb xabar beradi iz.ru.

Mutaxassisning qoʻshimcha qilishicha, oʻtlar va ziravorlar ham kanserogenlardan himoya taʼsiriga ega boʻladi.

Source
Yuz.uz

TuraNews

Back to top button