AsosiyDunyo

O‘zbekiston Afg‘onistonga 170 tonna gumanitar yordam yubordi

Un, bug'doy, guruch, o'simlik yog'i, konserva, kiyim-kechak va poyabzal kabi materiallardan iborat gumanitar yordam paketlari quruqlik orqali Afg'onistonning Hayraton shahriga yetib keldi.

O‘zbekiston Afg‘onistonga 170 tonna gumanitar yordam yubordi, bu hahqda Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Xabarga koʻra, Oʻzbekiston hukumati Afgʻonistonga 170 tonna gumanitar yordam yubordi.

Un, bug’doy, guruch, o’simlik yog’i, konserva, kiyim-kechak va poyabzal kabi materiallardan iborat gumanitar yordam paketlari quruqlik orqali Afg’onistonning Hayraton shahriga yetib keldi.

Gumanitar yordam materiallari Oʻzbekiston Prezidentining Afgʻoniston boʻyicha maxsus vakili İsmetulla Ergashev va Surxondaryo viloyati hokimi Toʻra Babalov hamrohligida Afgʻoniston hukumatiga taqdim etildi.

Tolibon boshqaruvidagi Balx viloyati gubernatori Muhammad Dovud Muzammil gumanitar yordamni qabul qilish marosimidagi nutqida O‘zbekiston ma’muriyatiga og‘ir damlarda ko‘rsatgan yordami uchun minnatdorlik bildirdi va bu yordam ikki davlat o‘rtasidagi qardoshlik munosabatlarining ko‘rsatkichi ekanini ta’kidladi.

O‘zbekiston Afg‘onistonga Ramazon oyida temir yo‘l orqali 4 ming tonna, iyun oyida esa 74 tonna insonparvarlik yordami jo‘natgan.

Source
TRT Haber

TuraNews

Back to top button