Turk davlatlarining umumiy alifboga oʻtishi va tilda birlik jarayonini tezlashtirish maqsadida “Umumiy alifbo komissiyasi” tashkil etildi.
Til bayramining 90 – yilligi munosabati bilan oʻtgan oy Bursada boʻlib oʻtgan “Turk dunyosi umumiy alifbosi seminari”da, Turk Davlatlari Tashkilotiga (TDT) taqdim etish maqsadida muhim qarorlar qabul qilindi.
Turk til va Turk Davlatlari tashkiloti hamkorligida oʻtkazilgan seminarda turk davlatlaridan kelgan olimlar oʻz mamlakatlarida qoʻllanilgan alifbo va tarixiy jarayonlar haqida maʼlumot boʻlishdi. Unda shuningdek, umumiy alifboga oʻtishi va tilda birlik jarayonini tezlashtirish kerakligi ta’kidlandi.
Seminarda, Turk dunyosining mushtarak alifbosi uchun Turk Davlatlari tashkiloti qoshida “Umumiy Alifbo komissiyasi” tashkil etishga qaror qilindi.
Turk davlatlarining til qoʻmitalari tomonidan taklif etiladigan a’zolar ishtirokida tuziluvchi komissiya, Turk Davlatlari tashkiloti Oqsoqollar kengashiga mushtarak alifbo va undan ishlab chiqariladigan milliy alifbolar haqida hisobot tayyorlaydi.
Ilk yigʻilishini Qirgʻizistonda oʻtkazadigan komissiya, mushtarak alifbo ustidan olib borilgan faoliyatni kuzatib, u haqida Oqsoqollar kengashiga hisobot beradi.