4-sentabr kuni O‘zbekistonda yangi o‘quv yili boshlandi. Maktab va oliy o‘quv yurtlarida darslar tiklandi.
6,5 milliondan ortiq o‘quvchilar — 10 160 ta umumta’lim maktablarida — birinchi qo‘ng‘iroq chalindi. Joriy o‘quv yilida 730 mingdan ortiq bolajonlar umumta’lim maktablarining 1-sinfiga qabul qilindi, deya ma’lum qildi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi. Ularga prezident sovg‘alari: 12 turdagi o‘quv qurollari, maktab sumkasi, darsliklar majmuasidan iborat to‘plamlar topshirildi.
Poytaxt hokimligi ma’lumotiga ko‘ra, poytaxtdagi 336 ta umumta’lim maktabida “Birinchi qo‘ng‘iroq” chalindi. 1-sinfga qabul qilinganlar soni esa 53 764 nafarni tashkil qildi. Toshkentda jami 493 285 nafar yoshlari maktab ta’limiga qamrab olingan. Joriy o‘quv yilida ular uchun umumta’lim fanlari, xorijiy tillar va kasb-hunar o‘qitishda yangilanish va o‘zgarishlar bo‘ladi.