Asosiy
Prezidentning Turkiyaga tashrifi yakunlandi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Turkiyaga amaliy tashrifi yakunlandi. Kecha davlatimiz rahbari Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Bugun Anqara shahrida O‘zbekiston Prezidenti raisligida Turkiy davlatlar tashkilotining navbatdan tashqari sammiti bo‘lib o‘tdi. Davlatimiz rahbari o‘z nutqida qator muhim tashabbuslarni ilgari suridi.
Vengriya Bosh vaziri Viktor Orban va Turkman xalqining milliy yetakchisi, Turkmaniston Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedov bilan ham uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi.
Sammit yakunlangach, Prezident Shavkat Mirziyoyevni Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an kuzatib qo‘ydi. Davlatimiz rahbari Toshkentga jo‘nab ketdi.