Dunyo
Zelenskiy musulmon harbiylar va qrim-tatar faollari bilan iftorlikda ishtirok etdi
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Kiyev viloyatining Chayki qishlog‘ida joylashgan Qrim musulmonlarining “Birlik” markazidagi iftorlikka tashrif buyurdi.
Musulmon harbiy xizmatchilar, Turkiyaning Kiyevdgi elchisi va Qrim-tatar xalq majlisi vakillari ishtirokidagi iftorlikda Zelenskiy bu yilgi ramazon oyidan Ukrainada yangi anʼana boshlanishini aytdi.
“Bugundan biz Ukraina uchun ana shunday an’anani boshlaymiz – qahramonlarimiz, musulmon askarlari, qrim-tatar xalqi Majlisi, Ukrainaning butun musulmon jamoatchiligi vakillari bilan birgalikda rasmiy darajada iftorlik o‘tkazamiz. Bu bilan shuni tasdiqlaymizki, Ukraina har bir insonni, har bir jamoatchilikni qadrlaydi”, — dedi Zelenskiy.