Hayot
Yosh kurashchilarimiz Turkiyadan sog‘-salomat qaytib kelishdi
Turkiyaning Kaxramanmarash shahrida tashkil etilgan xalqaro musobaqada qatnashgan sport kurashlari bo‘yicha O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi Toshkentga qaytib keldi. Bu haqda O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi ma’lum qildi.
Shahar zilzila episentriga aylanib qolgach hamyurtlarimiz Anqara shahriga ko‘chirildi. Shundan so‘ng ular Anqara-Istanbul-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha poytaxtimizga qaytib keldi.
Istanbulda jamoaga qo‘shilgan O‘zbekiston sport kurashlari assotsiatsiyasi Bosh kotibi Shurhat Mamadaliyev ularning yurtimizga yetib kelishida boshchilik qildi.
Musobaqaga yo‘l olgan 13 nafar delegatsiya a’zolarining (2 murabbiy, 1 hakam va 10 nafar sportchi) barchasi sog‘-salomat.
«O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi sportchilarimizning Vatanimizga qaytishida katta yordam bergan O‘zbekiston Respublikasining Turkiyadagi elchixonasiga minnatdorchilik bildiradi», deyilgan xabarda.