Dunyo
Yevropa kosmik agentligi Yupiterga missiyasini yubordi

Missiyaning maqsadi — Yupiterning yoʻldoshlarida hayotni taʼminlash uchun zarur sharoitlar mavjudligini aniqlash.
Stansiya 2031-yilning iyulida Yupiterga (Yerdan 628 mln km) yetib borishi kerak. Ilmiy missiya 2035-yil sentyabr oyida yakunlanadi.
Juiceʻning asosiy vazifasi bevosita hayotni topish emas, balki u paydo boʻlishi mumkin boʻlgan muhitni aniqlashdir. Agar Yupiter, gaz sayyorasi yashash uchun yaroqsiz boʻlsa, uning yoʻldoshlari Yevropa va Ganimed ideal nomzodlardir: muzli yuzasi ostida ular suyuq suvdan iborat okeanlarni oʻz ichiga oladi — faqat suyuq suv hayot paydo boʻlishiga imkon