AsosiyIqtisodiyot

Xitoydan O‘zbekiston orqali o‘tuvchi temiryo‘l Yevropaga yuk yetkazib berishni 7 kunga tezlashtirishi kutilmoqda

Xitoydan Qirg‘iziston va O‘zbekiston orqali o‘tadigan yangi temiryo‘l yuk yetkazish tezligini 7 kunga oshiradi. Bu haqda 6-aprel kuni Qirg‘iziston Transport vazirligi vakili Nurmat Musabekov “Birinchi radio”ga bergan intervyusida ma’lum qildi, deb yozmoqda Tazabek portali.

“Xitoy-O‘zbekiston temiryo‘lini qurish zaruriyatining sabablaridan biri Sariq dengizning yirik portlariga chiqishdir”,  dedi vazirlik vakili. Uning so‘zlariga ko‘ra, ushbu portlarga Yaponiya va Xitoydan yirik yuklar keladi, so‘ngra ular butun dunyo bo‘ylab tarqatiladi.

“Bugungi kunda Yevropaga tovarlar shimoliy port deb ataladigan port orqali tashiladi. Janubiy Osiyodan yuklarni tashish hozirda faqat bitta yo‘nalish — Rossiya va Qozog‘iston o‘rtasidagi „Xorgos“ nazorat punkti orqali temiryo‘l bilan amalga oshirilmoqda. Biz taklif qilayotgan marshrut transport harakatini 7 kunga tejaydi. „Vaqt — pul“, deganlaridek, biz vaqtni tejaymiz”, – deya izoh berdi Musabekov.

Uning fikricha, ushbu temiryo‘l qurilishi jahon savdosida katta o‘rin tutadi va nafaqat O‘zbekiston, Xitoy, Qirg‘iziston, balki boshqa davlatlar uchun ham foydali bo‘ladi.

Source
gazeta.uz

TuraNews

Back to top button