Dunyo
Xitoyda yuz bergan zilzila oqibatida 20 nafardan ortiq kishi jarohatlandi
Yer osti silkinishlari mahalliy vaqt bilan ertalab soat uch yarimda, odamlar hali uxlayotgan paytda boshlandi.
Shandun viloyatida yarim tunda ogohlantirish tizimi ishlamay qoldi. U silkinishning birinchi soniyalarida xavf haqida ogohlantiradi. Zilzila o’chog’i 10 kilometr chuqurlikda bo’lgan. Xitoy sharqidagi Dechjou shahrining Pinyuan okrugida 5,5 magnitudali zilzila yuz berdi.
Zilziladan keyin 52 ta aftershok kuzatilgan. Aftershok paytida mahalliy aholi vakillari ko’chaga chiqishga ulgurgan edi. Yer silkinishidan keyin 126 ta bino vayron bo’ldi. Hozir 300 ga yaqin qutqaruvchi vayronalarni tozalash bilan shug’ullanmoqda.
20 nafardan ortiq odam shifokorlarga murojaat qildi. Og’ir ahvoldagi bemorlar yo’q, deb xabar beradi mir24.tv.