Mahalliy OAV buni sunʼiy intellekt yordamida boshqariladigan chatbot bilan bogʻliq mamlakatdagi ilk jinoiy ish deb atadi.
Mahalliy OAV buni sunʼiy intellekt yordamida boshqariladigan chatbot bilan bogʻliq mamlakatdagi ilk jinoiy ish deb atadi.
ChatGPT boti Xitoyda taqiqlangan, shunday boʻlsa-da Internet foydalanuvchilari unga kirish uchun VPNdan foydalanishlari mumkin. Xabar qilinishicha, gumonlanuvchi ChatGPTdan poyezdning relsdan chiqib ketgani haqida soxta xabar yaratish uchun foydalangan, keyin uni foyda olish maqsadida internetga joylagan. Maqola 15 000-martaga yaqin koʻrildi.
Xitoyda 2011-yildan buyon poyezd halokatlari dolzarb mavzu boʻlib kelgan, oʻshanda aholi Venchjou shahrida 40 kishining halok boʻlishiga sabab boʻlgan tezyurar poyezdining toʻqnashuvi haqida davlat ommaviy axborot vositalari nega oʻz vaqtida maʼlumot bermaganiga norozilik bildirgan.
Gansu maʼmuriyatining maʼlum qilishicha, Xun ismli gumondor 5-may kuni janubiy Guandun viloyatidagi Dunguan shahrida soʻroq qilingan.
“Xun soʻnggi texnologiyalardan foydalanib, yolgʻon maʼlumotni internetda tarqatgan va shu orqali u keng tarqalib ketgan, — deyiladi Gansu politsiyasi bayonotida. “U muammo keltirib chiqarmoqchi boʻlgan”.
Bu Xitoyda yanvar oyida dipfeykdan foydalanishni cheklovchi yangi qoidalarni qabul qilganidan beri fuqaroning hibsga olinishi bilan bogʻliq ilk holat, deb xabar beradi ixbt.com.