Quvonarlisi, unda O‘zbekiston terma jamoasi 1 ta oltin medalni qo‘lga kiritdi.
Ushbu medalga -68 kilogramm vazn toifasida bahs olib borgan «Tokio–2020» Olimpidasi chempioni Ulug‘bek Rashitov mualliflik qildi. Rashitov finalda eronlik Doniyol Bozorg‘ishobdan ustun keldi, – deb xabar berdi Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati.
Ulug‘bek Rashitov dekabrda Saudiya Arabistonida taekvondo WT bo‘yicha o‘tgan yilning yakuniy Gran-pri musobaqasida kumush medal bilan kifoyalangandi.