Turkmanistonda xotin-qizlarga bayram sovg‘asi sifatida 17 dollardan tarqatilmoqda
Turkmanistonda 8 mart — Xalqaro xotin-qizlar bayrami kuni yaqinlashib kelayotgani munosabati bilan prezident Serdar Berdimuhamedov nomidan ayol-qizlarga pul shaklidagi sovg‘alarni topshirishni boshlandi, deb xabar bermoqda «Turkmenistan: Zolotoy vek» nashri.
Qayd etilishicha, mamlakat bo‘ylab bayramga bag‘ishlangan turli tadbirlar o‘tkazilmoqda.
«Mamlakatimizda shakllangan ezgu an’anaga ko‘ra, 60 manatlik pul mukofotlarini topshirish marosimi tantanali ruhda o‘tmoqda. Bog‘cha tarbiyalanuvchilariga birinchilardan bo‘lib prezident sovg‘asini topshirish boshlandi», — deyiladi xabarda.
Ta’kidlash joizki, avvalgi yillarda bu mablag‘lar budjet tashkilotlarida ishlayotgan yo o‘qiyotgan ayol-qizlargagina ajratilishi talab qilingandi. Shunga ko‘ra, uy bekalari va yakka tartibdagi tadbirkorlar 8 mart uchun sovg‘a olmagan.