11 fevral kuni o‘zbekistonlik oilaning 5 nafar a’zosi 11 fevral kuni zilzila sodir bo‘lgan Malatya shahridan evakuatsiya qilindi. Bu haqda O‘zbekistonning Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi xabar bergan.
Qayd etilishicha, o‘zbekistonliklarga aviachiptalar Turkiyadagi Bosh konsulxonaning tabiiy ofat oqibatini bartaraf etish uchun ochilgan maxsus hisob raqamidan xarid qilingan.
Shu kuni yana bir G‘oziantep shahridan yana bir o‘zbekistonlik vatanga qaytarilgani ma’lum qilindi.
10 fevral kuni Bosh konsulxona ko‘magi bilan 2 nafar vatandoshimiz zilzila sodir bo‘lgan Adana shahridan Istanbulga evakuatsiya qilingani, ularga Uzbekistan Airways’ning HY-274 Istanbul-Toshkent samolyoti uchun aviachipta olib berilib, O‘zbekistonga kuzatib qo‘yilgand.
Eslatib o‘tamiz, shu paytgacha Turkiyadagi zilzila oqibatida O‘zbekistonning 3 nafar fuqarosi halok bo‘lgan. Vayronalar orasida 3 nafar vatandosh qutqarib olingan bo‘lsa, bedarak yo‘qolgan o‘ndan ziyod o‘zbekistonlik qidirilmoqda.