AsosiyDunyoHayot

Turkiyaning janubi-sharqiy qismiga meteorit tushdi

Turkiyaning janubi-sharqidagi bir qancha viloyatlar aholisi meteorit tushishini ko’rishdi. Taxminlarga ko’ra, osmon jismi Shanliurfa viloyatiga tushgan.

Meteorit yo’l bo’ylab o’tayotgan avtoulovchilarning videoregistratorlari tomonidan tasvirga olingan, uning yonayotgan parchalari osmonni yoritib turardi. Mahalliy telekanal meteorit mahalliy vaqt bilan taxminan 20:15 da tushgani haqida xabar berdi.

Hodisani Malatya, Erzurum, Elyazig, Gaziantep viloyatlari aholisi ham kuzatish imkoniyatiga ega bo’lishdi, deb xabar beradi TRT Haber.

Via
Yuz.uz

TuraNews

Back to top button