Sport
Turkiyaning Antaliya shahrida xalqaro Runtalya yugurish marafoni bo’lib o’tdi
Runtalya xalqaro marafoni 5 mart kuni Turkiyaning turizm poytaxti bo'lmish Antaliyaning sohilida tashkil etildi.

Musobaqada dunyoning turli burchaklaridan minglab professional va havaskor yuguruvchilar ishtirok etdilar. Mavsumning boshlang’ich poygasi bo’lgan Runtalya 47 dan ortiq mamlakatdan kelgan sportchilarni o’ziga jamladi. Erkaklar o’rtasidagi marafon poygasida Uzeyir So’ylemez 2 soat 23 daqiqa 35 soniyada g’alaba qozongan bo’lsa, ayollar orasidan 03.03.26 natija bilan Nataliya Gyurten peshqadam bo’ldi.