DunyoHayot

Turkiyadagi zilzilada O`zbekiston fuqarosi vafot etdi.

`zbekiston Turkiyaga yuborgan yordam kuchi 10 mingdan ortiq o`zbek yashaydigan Ovakent qishlog`ida qidiruv-qutqaruv ishlarini boshladi

Prezident Shavkat Mirziyoevning topshirig`iga muvofiq Turkiyadagi zilzila oqibatlarini bartaraf etish maqsadida safarbar etilgan O`zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi vakillari Hatay viloyatining Ovakent qishlog`ida qidiruv-qutqaruv ishlarini boshladi. Bu haqda TIV axborot xizmati xabar bermoqda.

Ma`lum qilinishicha, bu hududda asosan 10 mingdan ortiq etnik o`zbeklar istiqomat qiladi.

O`zbekistonning Anqara shahridagi Elchixonasi va Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi tomonidan fuqarolarimizni tabiiy ofat hududlaridan xavfsiz joylarga ko`chirish va mamlakatimizga olib kelishga qaratilgan qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, 3-6 fevral kunlari Kahramanmarash shahrida 20 yoshgacha bo`lgan yoshlar o`rtasida erkin kurash bo`yicha xalqaro musobaqada ishtirok etgan O`zbekiston terma jamoasi Turkiya tomoni bilan hamkorlikda Anqaradagi ta`lim markaziga vaqtinchalik joylashtirildi va ularning O`zbekistonga qaytarish masalalari ishlab chiqilmoqda.

«2023 yil 7 fevral (Toshkent vaqti bilan) soat 10.00 holatiga ko`ra, zilzila oqibatida Malatya provinsiyasida bir nafar O`zbekiston fuqarosi halok bo`lganini afsus va chuqur qayg`u bilan qayd etamiz. Tashqi ishlar vazirligi marhumaning oila a`zolari va yaqinlariga o`z hamdardligini bildiradi.

Bundan tashqari, to`rt nafar hamyurtimiz bedarak yo`qolgan. Ularni topish bo`yicha tezkor qidiruv-qutqaruv ishlari amalga oshirilmoqda.

Hozirda zilzila oqibatida zarar ko`rgan fuqarolarimizga tegishli yordam ko`rsatish va ularning murojaatlarini ko`rib chiqish maqsadida O`zbekistonning Anqara shahridagi Elchixonasi qoshida 24 soat faoliyat yuritadigan shtab tashkil etilgan bo`lib, unga quyidagi raqam orqali murojaat qilish mumkin +90-538-035-85-34″, – deyiladi xabarda. 

Source
Darakchi.uz

TuraNews

Back to top button