Asosiy
Turkiyadagi zilzila: qurbonlar soni 42 mingdan oshdi
Bu 1939 yilgi zilziladagidan ham ko‘p, bu esa fevraldagi tabiiy ofat Turkiya Respublikasi tarixidagi eng vayronkor hodisa bo‘lganini anglatadi.

Turkiya janubi-sharqidagi zilzila qurbonlari soni 42 310 nafarga yetdi, deb xabar berdi Tabiiy ofatlarni boshqarish boshqarmasi (AFAD).
«42 310 nafar fuqaromiz halok bo‘ldi, 448 018 nafar fuqaro viloyatdan evakuatsiya qilindi (zilzilalar)», — deyiladi boshqarma xabarida.