Asosiy

Turkiyadagi yer silkinishida vafot etganlar soni 12 ming 873 nafarga chiqdi

Turkiyadagi 7,7 va 7.6. magnitudali yer silkinishi oqibatida halok bo‘lganlar soni yana ortdi.

Epitsentri Kahramanmarash bo‘lgan 7,7 va 7,6 magnitudali yer silkinishida hayotdan ko‘z yumganlar soni 12 ming 873 nafarga chiqdi.

Ofat va favqulodda vaziyatlar boshqarmasi, 6 – fevral kuni sodir bo‘lgan va epitsentri Kahramanmarash deb qayd etilgan voqea hududida vafot etganlar sonining 12 ming 873, tan jarohati olganlar sonining esa 62 ming 937 nafar ekanini qayd etdi.

Yiqilgan 6 ming 444 bino ostida qidiruv – qutqaruv ishlari davom etmoqda.

Voqea o‘rnida 113 ming 201 nafar qidiruv – qutqaruv xodimi xizmat qilmoqda.

Mintaqaga yuborilgan 94 mingdan ortiq chodirning 73 ming 11 tasi qurildi.

Source
TRT

TuraNews

Back to top button