Turkiyada zilzila qurbonlari soni 38 mingdan oshdi
17 fevral holatiga ko’ra, Turkiyadagi halokatli zilzila qurbonlari soni 38 ming 44 nafarga yetdi. Bu haqda Turkiya hukumati huzuridagi Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va oqibatlarini bartaraf etish boshqarmasi (AFAD) ma’lum qildi.
AFAD ma’lumotlariga ko‘ra, epimarkazi Kahramanmarashda bo‘lgan ikki zilziladan so‘ng 4323 ta yer silkinishi qayd etilgan.
Turkiya viloyatlarida 108 068 kishi jabrlangan, 216 347 kishi evakuatsiya qilingan.
Tabiiy ofat hududida qidiruv-qutqaruv ishlariga Turkiyadan 29 944 nafar, boshqa davlatlardan 11 488 nafar qutqaruvchi jalb etilgan.
Eslatib o‘tamiz, 6 fevral epimarkazi Kahramanmarashda 7 balldan ortiq (mahalliy vaqt bilan soat 04:17 da – 7,7 ball va 13:24 da – 7,6 ball) epimarkazi bo‘lgan ikkita zilzila sodir bo‘ldi.