Asosiy

Turkiyada yana yer silkinishi sodir boʻldi

6-fevral kuni sodir bo‘lgan va o‘chog‘i Kahramanmarash deb qayd etilgan, eng yomoni mamlakatning 11 viloyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatgan 7,7 va 7,6 magnitudali yer silkinishida katta ziyon ko‘rgan Hatayda yana yer silkinishi sodir boʻldi.

Turkiyaning Hatay viloyatida yana yer silkinishi sodir boʻldi. Bu haqida, Turkiya hukumati huzuridagi Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va oqibatlarini bartaraf etish boshqarmasi (AFAD) ma’lumot boʻlishdi.

Ushbu ma’lumotga koʻra Hatayning Defne tumanida Turkiya vaqti bilan soat 20:04 da 6.4 magnitudali yer silkinishi qayd etildi. Ortidan 32 marotaba takroriy seysmik silkinish kuzatildi. Ularning eng yirigi 5.8 ball ekani aniqlandi.

Dengiz sathining 50 sm ga ko‘tarilishi xavfi tufayli aholiga shikastlangan binolarga yaqinlashmaslik va qirg‘oq bo‘ylaridan uzoqroq turish tavsiya qilindi.

Mazkur tabiiy ofat yuzasidan 3 kishi halok boʻldi.

Ilk aniqlashlarga koʻra yiqilgan binolar ostida qolgan fuqarolar bor va hozirda ularni qidiruv va qutqaruv faoliyatlari davom etmoqda.

O‘zbek diasporasining katta qismi istiqomat qiladigan Hataydagi ishlarga O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi qutqaruvchilari va harbiylar ham jalb etilgan.

Source
TRT Net

TuraNews

Back to top button