Asosiy

Turkiyada 7,4 magnitudali zilzila yuz berdi

Turkiyaning Qahramanmarash viloyatida sodir bo'lgan 7,4 magnitudali zilzilada 76 kishi halok bo'ldi

Qahramanmarashning Pazarjik tumanida sodir bo’lgan 7,4 magnitudali zilzilada 76 kishi halok bo’ldi, 440 kishi tan jarohati oldi.

Favqulodda  vaziyatlar boshqarmasi (AFAD) tomonidan berilgan bayonotda,

«76 nafar fuqaromiz hayotdan ko’z yumdi, 440 nafar fuqaromiz tan jarohati oldi. Qahramanmaroshdagi zilzila Turkiya vaqti bilan 04:17 da, 7 kilometr chuqurlikda sodir bo’ldi», – deyiladi bayonotda.

Zilzila 10 dan ortiq shaharda sezilgan.

Tabiiy ofatdan keyin xalqaro yordamni o’z ichiga olgan 4-darajali ogohlantirish boshlandi.

Qulagan binolar joylashgan hududlarda qidiruv-qutqaruv ishlari boshlandi. Ekipajlar dalada ishlashda davom etmoqda.

Aytgancha, Prezident Rajab Toyyib Erdo’g’an zilziladan keyin e’lon qilgan xabarida

«Kahramanmaroshda sodir bo’lgan va mamlakatimizning ko’p joylarida sezilgan zilziladan jabr ko’rgan barcha fuqarolarimizga eng yaxshi tilaklarimni bildiraman.» Deb ifoda etdi.

Vitse-prezident Fuat O’ktay va ba’zi vazirlar zilziladan keyin AFAD koordinatsiya markazidagi ishlarni muvofiqlashtirmoqda.

Source
TRT Net

TuraNews

Back to top button