AsosiyHayot

Turkiya orqali AQSHga yuborishni vaʼda qilganlar qoʻlga tushdi

Toshkentda 51 ming dollar evaziga Turkiya orqali AQSHga yuborishni vaʼda qilgan ikki kishi qoʻlga tushdi.

Bu haqda Bosh prokuratura departamenti xabar berdi.

Departamentning Chilonzor tuman boʻlimi tomonidan DXX va Milliy gvardiya xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqarolar B.Ya. va Sh.Ya. fuqaro O.O.ga tanishlari yordamida xorijga chiqish viza hujjatlarini rasmiylashtirib berishi hamda uni Turkiya orqali AQSHga ishga yuborish evaziga 51 ming dollarni olgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Via
Yuz.uz

TuraNews

Back to top button