Turkiya adliya vaziri zilzilada vayron bo’lgan binolar bilan bog’liq tergov ishi boshlanganini ma’lum qildi
Turkiyaning zilziladan jabr ko'rgan hududlarida vayron bo'lgan binolar bilan bog'liq tergov ishlari boshlandi.
Bu haqda Turkiya adliya vaziri Bekir Bo’zdog’ o’zining “Twitter”dagi sahifasida ma’lum qildi, deya xabar bermoqda “APA” axborot agentligi.
“Zilzila sodir bo’lgan barcha viloyatlarimizda vayron bo’lgan binolar bo’yicha ushbu binolarni qurganlar va ularning qurilishiga mas’ul shaxslarga nisbatan sud-tergov harakatlari boshlandi”, degan vazir.
Turkiyada zilzilada ko’plab binolarning qulashi qurilish qoidalariga rioya qilinmaganligi ortidan deb qaralmoqda.
OAVda sizayotgan ma’lumotlarga ko’ra, so’nggi yillarda Turkiyada noqonuniy va palama-partish qurilishlar ko’payib ketgan.
Hatto eski binolarning aksariyati ustiga yangi qavatlar qurilgan. Bu ularni seysmik chidamlilik standartlariga nomuvofiq qilib qo’ygan bo’lishi mumkin.
Ma’lumotlarga ko’ra, birgina 2019-yilda Istambul shahar ma’muriyatiga 7,5 milliondan ziyod noqonuniy qurilish bo’yicha ariza kelib tushgan.