“Oʻztemiryoʻlyoʻlovchi” aksiyadorlik jamiyati hamda Germaniyaning “Lernidee Erlebnisreisen” turistik kompaniyasi hamkorligida xalqaro turizmni rivojlantirish maqsadida 2023-yilda 10ga yaqin turistik charter poyezdlar harakatlanishi rejalashtirilgan.

Shundan kelib chiqib, bugun, 12-aprel kuni “Orient Silk Road Express” nomi bilan “Toshkent – Buxoro – Xiva – Samarqand – Qamashi – Kitob – Turkiston – Bishkek – Olma-Ota” yoʻnalishida Shveysariya, Germaniya, Angliya, Lyuksemburg, Kanada, Indoneziya va Irlandiya sayyohlariga xizmat koʻrsatishni boshladi.
Keyingi turistik charter poyezdlar 2023-yilning avgust-oktyabr oylarida harakatlanishi moʻljallangan.