AsosiyDunyo

Tramp moliyaviy hisobotlarni soxtalashtirishda ayblanmoqda

Donald Tramp AQShning jinoiy javobgarlikka tortilgan birinchi sobiq prezidentiga aylandi.

AQShning sobiq prezidenti Donald Trampga 34 ta band bo‘yicha ayblov qo‘yildi. Bu haqda BBC xabar bermoqda.

Tramp 4-aprel, seshanba kuni Nyu-Yorkdagi Manxetten jinoiy sudiga keldi va ayblovlar e’lon qilinmaguncha hibsga olindi. Yarim soatdan keyin Tramp tinglov bo‘lib o‘tayotgan 15-qavatdagi majlislar zaliga ko‘tarildi. Taxminan bir soat o‘tgach, u sud binosidan chiqib, Floridadagi uyiga qaytgan.

Trampning tergovi pornoaktrisa Stormi Danielsga u bilan bo‘lgan aloqa haqida gapirmaslik uchun pul to‘lash bilan bog‘liq. Ish materiallariga ko‘ra, 2016-yilgi saylovlar oldidan Tramp Danielsga u bilan bo‘lgan ishqiy munosabati haqida indamasligi uchun advokat orqali 130 ming dollar to‘lagan.

Bu to‘lov o‘z-o‘zidan noqonuniy emas edi, biroq Tramp va uning advokati buni yuridik xizmatlar uchun birinchi to‘lov sifatida amalga oshirgan va bu Nyu-York shtatida hujjatlarni soxtalashtirish hisoblanadi va qonun bo‘yicha jazolanadi.

Tramp Stormi Daniels bilan ishqiy munosabatda bo‘lganini qat’iyan rad etdi. U o‘zining ta’qib qilinishini siyosiy deb atadi va Manxetten sudidagi sud jarayoni adolatli bo‘lmasligini ta’kidladi.

 

Source
gazeta.uz

TuraNews

Back to top button